«samir rahmonov» tegli maqolalar


«Samir Rahmonovning o‘limida Bosh prokuraturaning aybi yo‘q» — Svetlana Artikova
1 aprel 2022, 16:25

«Samir Rahmonovning o‘limida Bosh prokuraturaning aybi yo‘q» — Svetlana Artikova

Payshanba kuni Svetlana Artikova Bosh prokuratura ishda vafot etgan xodimi oilasiga nafaqa va ma’naviy zararni to‘lashi masalasiga munosabat bildirdi. Uning fikricha, sudning 971 mln so‘mni to‘lash to‘g‘risidagi qarorida qonun talablari buzilgan. «Milliard u yoqqa, milliard bu yoqqa qilsak, unda shifokorlarga, o‘qituvchilarga ustamalarni, oylikni, nafaqani kim to‘laydi?.. Kerak bo‘lsa, Oliy sudgacha ham bosh prokuror o‘rinbosari tarzida takroran kassatsiya keltirishga tayyorman», — dedi u.

Bosh prokuraturaning vafot etgan xodimiga oid sud ishi boshqatdan ko‘rib chiqiladi
6 dekabr 2021, 17:15

Bosh prokuraturaning vafot etgan xodimiga oid sud ishi boshqatdan ko‘rib chiqiladi

Marhum xodimning otasi nafaqa pullarini talab qilib, Bosh prokuratura ustidan apellyatsiya shikoyati kiritgani ma’lum qilingandi. Ish Toshkent shahar FIB sudlov hayatida ko‘rib chiqildi va marhumning otasi boquvchisini yo‘qotganlik uchun nafaqa olish huquqiga ega emasligi aniqlandi. Ish birinchi instansiya sudiga marhumning turmush o‘rtog‘i ishtirokida ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Bosh prokuratura ish vaqtida vafot etgan xodimi bo‘yicha tegishli idoralarga xabar bermagan — Davlat mehnat inspeksiyasi
10 noyabr 2021, 11:16

Bosh prokuratura ish vaqtida vafot etgan xodimi bo‘yicha tegishli idoralarga xabar bermagan — Davlat mehnat inspeksiyasi

Davlat mehnat inspeksiyasi Bosh prokuratura ish vaqtida vafot etgan xodimi bo‘yicha Mehnat vazirligi va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasiga tegishli tartibda xabar bermaganligini ma’lum qildi. Oldinroq marhum xodimning otasi qonunda belgilangan nafaqa pullari to‘lab berilmagani sababli Bosh prokuratura ustidan sudga murojaat qilgandi. Biroq, FIB Mirobod tuman sudi da’vo arizasini rad qilgan.

Marhum xodimning otasi nafaqa pullarini talab qilib, Bosh prokuraturani sudga berdi
2 noyabr 2021, 19:40

Marhum xodimning otasi nafaqa pullarini talab qilib, Bosh prokuraturani sudga berdi

Aprel oyida vafot etgan Bosh prokuratura xodimi Samir Rahmonovning otasi qonunda belgilangan tartibda nafaqa pullari to‘lab berilmaganini ma’lum qildi. Shu sabab marhumning otasi Bosh prokuratura ustidan sudga murojaat qildi. Biroq, FIB Mirobod tuman sudi da’vo arizasini rad qildi. Da’vogar esa sudga apellyatsiya shikoyatini kiritgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting